KzTrack.Kz » Новинки » Nilufar bintu Ulug‘bek - Ummatim deysizmu, Ya Rosululloh

Nilufar bintu Ulug‘bek - Ummatim deysizmu, Ya Rosululloh

Скачать эту Nilufar bintu Ulug‘bek - Ummatim deysizmu, Ya Rosululloh песню в высоком формате. Краткая информация о песне (128 кб / с, 5,98 MB)
Nilufar bintu Ulug‘bek - Ummatim deysizmu, Ya Rosululloh
Прослушать онлайн песню
Скачать песню
  • Слушали: 982
  • Размер: 5,98 MB
  • Длительность: 6:31
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 17.04.2021
Текст песни: Nilufar bintu Ulug‘bek - Ummatim deysizmu, Ya Rosululloh
Kunlar o'taverar isyonlar aro
Shu asno yashayman tug'yonlar aro

Bir umid bor qalbim to'rida
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

Sizga muhabbatla yashab o'tsam man
Uzlatda ko'p bo'lib botin poklasam

Ko'nglim bog'lasam, ko'zim yoshlasam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

Ummatim deysizmu ummatim
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

O'tkinchi dunyoga rag'bat qo'ygandim
Foniy lazzatidan mehr tuygandim

Robbimga qaytsamu, tavbaga o'tsam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

Zohirim go'zal botinim vayron
Tilim biyronu, dil turar hayron
Dunyodan kechsamu, oxirat desam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

Ummatim deysizmu ummatim
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

Muhabbat ahliga o'zim ursam man
Ahlulloh so'ziga quloq tutsam man

O'zgani desam o'zimdan kechsam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

As'hoblaringiz sizga jonin bog'ladi
Oshiqlaringiz sizga qalbin bog'ladi

Sizsiz yashamoqqa toqat qolmadi
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh

O'shal kun shafoat tilarlar ummat
Havzi kavsar suvin icharlar ummat

Hijolat tortaman qaroko'z surat
Kel aver deysizmu ya Rosulalloh

Ummatim deysizmu ummatim
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh