KzTrack.Kz » Новинки » Shohrux Elboyev - Jonginam yaxshimisan ayt

Shohrux Elboyev - Jonginam yaxshimisan ayt

Скачать эту Shohrux Elboyev - Jonginam yaxshimisan ayt песню в высоком формате. Краткая информация о песне (128 кб / с, 2,26 MB)
Shohrux Elboyev - Jonginam yaxshimisan ayt
Прослушать онлайн песню
Скачать песню
  • Слушали: 4 652
  • Размер: 2,26 MB
  • Длительность: 2:27
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 11.12.2020
Текст песни: Shohrux Elboyev - Jonginam yaxshimisan ayt
Restoranlarda yoshligim o'tdi
Yoshlik o'tdiyu beboshligim o'tdi

Sen o'zga yigitdan baxtingni topding
Mani baxtimni eshigin yopding

Qalbimni og'ritib bo'ldi to'ylaring
Mos ekan kuyovga qaddi bo'ylaring

Alamim aytishga yo'qdir izohlar
Dardlarim aytadi so'zsiz nigohlar

To'ying kuni jonim hamma shod edi
Faqat bu hursandlik manga yot edi

Qancha yillar o'tib sani o'yladim
Yana ko'rsam deya yo'ling poyladim

Bir kuni uchrading yoningda yoring
Manga so'z aytishga yo'qdur ilojing

Ikki yondan ikki o'g'ling quchoqlar
Dardlarim aytadi so'zsiz nigohlar

Jonginam yahshimisan ayt
Hammadan baxtlimisan ayt

Go'zalim yahshimisan ayt
Hammadan baxtlimisan ayt

Restoranlarga endi hushim yo'q
U yerda mani bir kutar kishim yo'q

Har kuni kezarman mayxonalarni
Unutdim ishq degan afsonalarni

Balki sen ham meni eslab turarsan
Men bilan hayolan suhbat qurarsan

Unut mani aslo chekmagin ohlar
Dardlarim aytadi so'zsiz nigohlar

Jonginam yahshimisan ayt
Hammadan baxtlimisan ayt

Go'zalim yahshimisan ayt
Hammadan baxtlimisan ayt