KzTrack.Kz » Новинки » Yulduz Usmonova - Dadajon

Yulduz Usmonova - Dadajon

Скачать эту Yulduz Usmonova - Dadajon песню в высоком формате. Краткая информация о песне (128 кб / с, 4,5 MB)
Yulduz Usmonova - Dadajon
Прослушать онлайн песню
Скачать песню
  • Слушали: 747
  • Размер: 4,5 MB
  • Длительность: 4:54
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 09.06.2021
Текст песни: Yulduz Usmonova - Dadajon
O'ngdan keldi kalxatlarni ko'rgan tushim
Uchdi-ketdi boshimdagi Xumo qushim
Qolaverdim toshga urib yetim boshim
Ketayotir otam fano karvonida
Diydor qoldi endi mahshar maydonida

Dadajon, kim so'kadi xato qilsam
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam
Dadajon, duolarsiz qanday qilay
Dadajon, kim kutadi uyga borsam

Endi belim bog'laganda xizmatiga
Guldor-guldor ayvon qurib izzatiga
G'animatim mindi egarsiz otiga
Davlatshohim ketar fano karvonida
Diydor qoldi endi mahshar maydonida

Dadajon, kim so'kadi xato qilsam
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam
Dadajon, duolarsiz qanday qilay
Dadajon, kim kutadi uyga borsam

Bekasi yo'q bog' ham bir kun cho'lday bo'lar
Egasi yo'q millat bir kun qulday bo'lar
Otasi yo'q hovli qaro yo'lday bo'lar
Omonatim ketar fano karvonida
Diydor qoldi endi mahshar maydonida

Dadajon, kim so'kadi xato qilsam
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam
Dadajon, duolarsiz qanday qilay
Dadajon, kim kutadi uyga borsam