KzTrack.Kz » Новинки » Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov - Tushimda

Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov - Tushimda

Скачать эту Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov - Tushimda песню в высоком формате. Краткая информация о песне (128 кб / с, 3,83 MB)
Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov - Tushimda
Прослушать онлайн песню
Скачать песню
  • Слушали: 913
  • Размер: 3,83 MB
  • Длительность: 4:11
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 22.01.2021
Текст песни: Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov - Tushimda
Xayrulla Hamidov & Yusufxon Nurmatov - Tushimda 
Qo'shiq matni


Koʻngil tamomila nomlandi xirsiy
Tobora gʻichirlar ostimda kursiy
Zuxutdan dars bering, Salmoni Forsiy
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Koʻngil siltanmaydi koʻrsa ham tobut
Bu holda ertaga boʻlaman nobud
Holimni izohlang, Zayd ibn Sobit
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Ba’zan uyqu gʻolib, bomdod ham malol
“Oʻrningdan tur”, debon yigʻlaydi hilol
Azonni his qilay, oʻrgating Bilol
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Qiyomat tongida ne erur nasab
U kunda darz ketib, portlagay asab
Dunyoga tupurish nedur, ey Musab
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Zar qadrin biladi haqiqiy zargar
Solihlar dunyodan qildilar xazar
Oʻrgating asli ne taqvo, ey Abu Zar
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra
Dunyo besh kunlikdir erinmay yayra
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Bevafo koʻngildan charchadim noliy
Istadim Robbimni uzlatda holi
Mardlikni oʻrganay, xazrati Ali
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Vujudim titrasa, oʻqisam Qurʻon
Koʻrganlar devona desalar hayron
Bu holning siri ne, ey shahid Usmon
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Qop-qora kechalar boʻlsin yop-yorugʻ
Shayton xujumidan tamoman forigʻ
Mardlikni oʻrgating, Umar ul Forugʻ
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Najot topgan qavm boʻldilar shokir
Bunda yoʻq na nifoq, yoʻq erur makr
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Qalbimdan oʻtganin biladi Alloh
Boshqasi kerakmas, Allohim guvoh
Bir bora boʻlsa ham, yo Rasululloh
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda

Клип на песню: